Ispaniyaning «Valensiya» jamoasi «Manchester Yunayted» himoyachisi Markos Roxo transferini sotib olish borasida xarkatni boshlab yuborgan deya xabar bermoqda Mirror nashri.
Manbaning xabariga ko‘ra «Valensiya» sport direktori Xesus Garsiya Pitarch Angliya yetib kelgan va Roxo vakillari bilan muzokara olib bormoqda. Ispaniya jamoasi «MYu» futbolchisi uchun 14 mln. funt berishga tayyor.
Mutaxassislarning fikriga ko‘ra Roxo jamoani tark etishi mumkin, chunki «MYu» yanvarda o‘z safini «Benfik» himoyachisi Viktor Nilsson-Lindelof bilan to‘ldirish niyatida.
Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.