Янгиликлар /

Mourino: Biz uni iliq kutib olamiz

Мақола нашр қилинди

«Manchester Yunayted» jamoasi sobiq bosh murabbiyi ser Aleks Fergyuson ushbu mavsumda mankunianlarning bir necha mashg‘ulotiga tashrif buyurgan. Bu haqda jamoa ustozi Joze Mourino aytdi.

«Futbolchilar Fergyuson singari buyuk insonni ko‘rishi kerak deb hisobladim. Biz muloqot qilib, birgalikda tushlik qildik. Men uni hurmat qilaman, u ham «MYU»ni yaxshi ko‘rishini bilaman. Fergyuson bilan munosabatlarimiz yaxshi».

«Ser Aleks istagan vaqtida mashg‘ulotlarga kelishi mumkin. Biz uni iliq kutib olamiz. Ushbu mavsumda u bir necha bor mashg‘ulotlarga tashrif buyurdi», – deydi portugaliyalik mutaxassis.

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.