Янгиликлар /

Angliya Kubogi: «Yunayted» raqibi ma’lum bo‘ldi

Мақола нашр қилинди

Angliya Kubogi 4-bosqichga tashlangan qur’a natijasiga ko‘ra «Manchester Yunayted» raqibi ma’lum bo‘ldi.

«Manchester Yunayted» 4-bosqich uchrashuvini «Uigan Atletik» jamoasiga qarshi o‘z maydonida o‘tkazishadi. O’tgan mavsumda «qizil iblislar» o‘rinbosarlari jamoasini boshqargan Uorren Joys hozirda «Uigan» bosh murabbiyi.

Hozircha uchrashuv rasman qaysi kuni bo‘lib o‘tishiga aniqlik kiritilmagan bo‘lsada, uchrashuv tahminan 27-30 yanvar kunlari orasida «Old Trafford» tashkil qilinishi rejalashtirilgan. Chunki, «Manchester Yunayted» 26 yanvar kuni Liga Kubogi doirasida  «Xall Siti» mehmoni bo‘lsa, 1 fevralda APL doirasida o‘z maydonida «yo‘lbarslarni» qabul qilishadi.

Qolgan juftliklar quyidagi ko‘rinishda:

«Manchester Yunayted» — «Uigan Atletik»

«Tottenxem» — «Uikomb»

«Derbi Kaunti» — «Lester Siti»

«Oksford Yunayted» — «Nyukasl Yunayted»

«Uimbldon»/«Satton» — «Kembridj Yunayted» — «Lids»

«Plimut»/«Liverpul» — «Vulverxempton»

«Sautgempton»/«Norvich» — «Arsenal»

«Linkoln»/«Ipsvich» — «Brayton»

«Chelsi» — «Brendtford»

«Milluol» — «Uotford»

«Rochdeyl» — «Xaddlsfild»

«Byornli»/«Sanderlend» — «Flitvud»/«Bristol»

«Blekberd» — «Barnsli»/«Blekpul»

«Fulxem» — «Xall Siti»

«Midlsbro» — «Akrington Stenli»

«Kristal Pelas»/«Bolton» — «Manchester Siti»

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.