Янгиликлар /

Antoni Marsiyal uchun 10 mln. yevro!?

Мақола нашр қилинди

«Yunayted» Antoni Marsiyal uchun 2015 yilda «Monako»ga to‘langan 60 million yevro transfer summasi tez orada yana oshishi mumkin.

Goal.com bergan xabarga ko‘ra, 21 yoshli fransuz futbolchisi ingliz klubi safida 25 gol ursa, 10 million yevro miqdoridagi qo‘shimcha bonus «Monako» hisobiga o‘tkazib berilishi kerak. Hozirda Marsiyal hisobida 23ta gol bor.

Shartnoma shartlariga ko‘ra, monegasklar jamoasi futbolchi transferidan bundan tashqari yana 20 million yevro ishlab olishi va umumiy miqdorda futbolchining transferi 90 million yevroga qadar oshishi mumkin. Yana 10 million yevroni «Monako» Marsiyal Fransiya terma jamoasi safida 25 uchrashuv o‘tkazsa, qolgan 10 millionni esa, agar futbolchi «Oltin to‘p» so‘rovida kuchli uchtalikka kirsa qo‘lga kiritishi mumkin bo‘ladi.

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.