Янгиликлар /

Ivan Perishich Angliyada!?

Мақола нашр қилинди

Italiyadagi Calciomercato nashri xabariga ko‘ra, «Inter»ning xorvatiyalik yarim himoyachisi Ivan Perishich faoliyatini Angliyada davom ettirishi mumkin.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, futbolchiga «Manchester Yunayted» da’vogarlik qilmoqda. Qayd etilishicha, Xorvatiya terma jamoasi a’zosi bo‘lgan bu futbolchining xizmatlariga «qizil iblislar» jamoasi bosh murabbiyi Joze Mourino shaxsan qiziqmoqda. U Perishich shu qishdayoq jamoasida bo‘lishini istamoqda.

Bundan oldingi xabarlarda ushbu futbolchiga «Barselona», «Liverpul» va «Chelsi» kabi jamoalardan qiziqish mavjudligi aytilgandi.

Joriy mavsumda 27 yoshli Perishich barcha turnirlarni hisoblaganda milanliklar jamoasi uchun 23 uchrashuv o‘tkazdi va 6 gol urib, 4 golli uzatma muallifi bo‘ldi.

Transfermarkt.de ushbu futbolchini 25 mln yevroga baholagan, uning «Inter» bilan amaldagi shartnomasi muddati 2020 yilga qadar tuzilgan.

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.