Янгиликлар /

Ibragimovich: O’yin qiyin bo‘ldi

Мақола нашр қилинди

«Manchester Yunayted» hujumchisi Zlatan Ibragimovich APLning 21-turida «Liverpul» bilan durangdan so‘ng (1:1) jamoasi o‘yinidan qoniqmaganini ma’lum qildi.

O’yin oxirida shved futbolchisining urgan goli manchesterliklarni mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi.

«O’zimizning eng yaxshi o‘yinimizni ko‘rsatmay turib, ochko oldik. O’yin qiyin bo‘ldi. Uchrashuvning katta qismida hisobda ortda bordik. Raqibni quvib yetish oson bo‘lmadi, ammo hisobni tenglashtira oldik».

««MYu» bugun ko‘plab oddiy xatolarga yo‘l qo‘ydi. «Liverpul» qattiq pressing qildi, bizga bosim o‘tkazishga urindi. Albatta, yetakchilar bilan ochkolar farqini qisqartirish uchun har o‘yinda g‘alaba qozongimiz keladi», – deydi Ibragimovich.

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.