«Manchester Yunayted» klubi yarim himoyachisi Xuan Mata APL 21-turidan o‘rin olgan «Liverpul»ga qarshi kechgan uchrashuv to‘g‘risida o‘z fikrlarini bildirdi.
««Liverpul» penaltidan hisobni ochdi, biz esa o‘z imkoniyatlarimizdan foydalana olmadik. So‘nggi daqiqalarda raqibga jiddiy tarzda bosim o‘tkazdik. Zlatan hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo‘ldi, agar o‘yin yana biroz vaqt davom etganida biz g‘alabani ham tortib olardik. Alam qilmoqda, chunki uch ochkoni qo‘lga kiritishni xohlagandik».
«Balki yaxshi futbol guvohi bo‘lmagandirmiz, ammo o‘yin shiddat va kurashga boy bo‘ldi. Endi barchamiz keyingi o‘yin haqida o‘ylashimiz kerak. Jamoa oxirigacha kurashdi va har doimgidek «Old Trafford» biz bilan birga bo‘ldi», — deydi Mata.
Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.