Янгиликлар /

Runi: Bu katta sharaf

Мақола нашр қилинди

«Manchester Yunayted» hujumchisi Ueyn Runi «Stok Siti» (1:1)ga qarshi bellashuvdan keyin o‘yin haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Bugungi golim men uchun o‘ta muhim va men bu bilan faxrlanaman. Albatta o‘yindagi natijadan qoniqmadim. Lekin eng yaxshi to‘purar bo‘lish katta hurmatga loyiq».

««MYU»ga o‘tgan vaqtim bu qadar yuksak natijaga erishaman, deb o‘ylamaganman. Ushbu jamoada har doim top futbolchilar to‘p tepganlar. Bu jamoaning eng yaxshi to‘purari bo‘lish — katta sharaf».

«Bugungi ochko mavsum yakunida muhim rol o‘ynashi mumkin. Mag‘lub bo‘lmaganimiz meni xursand etdi. Oldinda hali uzoq yo‘l bor. Unda hamma narsa sodir bo‘lishi mumkin. Biz ochko yig‘ishda davom etishimiz kerak»,- deydi Runi.

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.