Янгиликлар /

Mourino: Duranglar ko‘payib ketdi

Мақола нашр қилинди

«Manchester Yunayted» ustozi Joze Mourino «Stok Siti» ga (1:1) qarshi kechgan bahsni tahlil qildi.

«Bu har ikkala jamoa uchun ham prinsipial o‘yin edi. Shu sabab tomonlar ilk daqiqalardanoq g‘alaba uchun harakat qilishdi. Ammo 25 daqiqadan keyin bir jamoa faqat g‘olib chiqish uchun, ikkinchisi himoyalanish uchun harakat qildi. Mezbonlar bu vazifani a’lo darajada uddalashdi».

«Raqib favqulodda mahorat ko‘rsatib bor kuchi bilan bizni to‘xtatib qolishga urindi. Bizda ham ko‘pchilik hujumlarimiz a’lo darajada tashkil etildi. Ammo uni yakuni kutilgandek chiqmadi».

«Biz hujumkor o‘yin ko‘rsatyapmiz. Ammo duranglarimiz ko‘payib ketdi. Raqib darvozabonlari bizga qarshi betakror o‘yin o‘tkazishmoqda», — deydi portugaliyalik mutaxassis.

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.