Янгиликлар /

Mourino: O’z hayoti uchun har kim o‘zi javobgar

Мақола нашр қилинди

«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Joze Mourino «Liverpul» bosh murabbiyi Yurgen Klopp «Chelsi» yarim himoyachisi Oskar Xitoyga ketganini tanqid qilganiga javob qaytardi.

«Ba’zi hamkasblarim o‘zini aslidagidan ko‘ra muhimroq deb hisoblashlarini yaxshi bilaman. Ular boshqalar hayotiga aralashishga o‘zlarini haqli deb biladilar. Ammo men bunday inson emasman».

«O’z hayoti uchun har kim o‘zi javobgar va men hech kimni tanqid qilmayman. Ochig‘ini aytsam, Runi bilan nima bo‘lishini bilmayman. Chunki u menga bu haqida hech narsa demagan. Barchasini o‘zi hal qiladi».

«Xitoyga ketgan futbolchilarni tanqid qilish menga yoqmaydi. Bu ularning hayoti va o‘zi istagandek yashaydi. U yerda katta pul ishlaydilar va orttiriladigan tajriba ham qiziqarli bo‘lishi mumkin», — deydi Mourino.

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.