Янгиликлар /

Runi: Jamoada o‘zimni baxtli his qilmoqdaman

Мақола нашр қилинди

«Manchester Yunayted» hujumchisi Ueyn Runi yaqin vaqtlar ichida jamoadan ketish niyati yo‘qligini bildirdi. Oxirgi vaqtlarda Xitoy klublaridan biri 31 yoshli futbolchiga haftasiga 1 million funt maosh taklif qilgani aytilgan edi.

Eslatib o‘tamiz, Ueyn Runi ayni vaqtda «MYu»da haftasiga 300 ming funt maosh oladi.

«Men klubda uzoq yillardan buyon o‘ynab kelmoqdaman, ammo futbol shunday narsaki, unda istalgan holat ro‘y berishi mumkin.

«Ammo hozir men «Manchester Yunayted»da o‘zimni baxtli his qilmoqdaman. Yashirmayman, ko‘proq o‘ynashni istayman, ammo shunga qaramay o‘zimni baxtli his qila oladigan jamoada ekanimdan mamnunman», — deydi Runi.

Eslatib o‘tamiz, Ueyn Runining «MYu» bilan shartnomasi 2019 yilning yozida yakuniga yetishi lozim.

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.