Янгиликлар /

Goss KPR ga o‘tadi

Мақола нашр қилинди

Sky Sports nashri xabar berishicha «Kuinz Park Reyndjers» yarim himoyachi Shon Goss borasi  «Manchester Yunayted» bilan kelishuvga erishgan va 21 yoshli futbolchi transferi uchun 500 000 funt mablag‘ to‘laydi.

Goss «Yunayted» ga 2012 yil «Ekseter Siti» jamoasidan kelib qo‘shilgan va asosiy jamoa tarkibida hali maydonga tushmagan. Shon jamoaning 18 dan 21 yoshgacha bo‘lgan yoshlar tarkibida o‘yinlarda ishtirok etgan. Futbolchining bir necha bor jarohat olishi uning asosiy tarkibga kiritilishiga to‘sqinlik qilib kelmoqda.

Shon Germaniyada tavvalud topgan va yoshligidan «Manchester Yunayted» muhlisi hisoblanadi. U shuningdek Angliya terma jamoasining 19 yoshlari tarkibida ham o‘yinlarla ishtirok etgan.  

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.