Янгиликлар /

De Xea: Ushbu turnirda g‘olib bo‘lishni istayman

Мақола нашр қилинди

David De Xea aytishicha unda bu mavsum albatta Angliyaning barcha musobaqalari g‘olibligini kolleksiya qilish imkonyati bor. Darvozabon «Yunayted» tarkibida Premer Liga, Angliya Kubogi va Kommyuniti Shildda g‘olib bo‘lgan, faqatgina unda Angliya Liga Kubogi g‘olibligi yo‘q.

«Bu alohida o‘yin, chunki bu o‘yinda g‘olib chiqqan jamoa «Uembli» ga yo‘l oladi, bu stadionda to‘p surish uchun biz har doim xarkat qilamiz. Biz «Old Trafford» da o‘tgan dastlabki o‘yinda yomon xarakat qilmadik va ikki gol urdik, lekin «Xall» jamoasi ham bizga jiddiy qarshiik ko‘rsatdi. Biz kerakli natijaga erishish uchun yaxshi futbol ko‘rsatishga xarakat qilamiz».

«Men albatta ushbu turnirda g‘olib bo‘lishni istayman. Menda hozircha Liga Kubogining g‘oliblik medallari yo‘q, va bunga erishsam juda xursand bo‘lar edim. Biz doim g‘alaba qozonish uchun xarakat qilamiz, chunki biz — «Manchester Yunayted» miz. Bizdan «Uembli» da bir narsa talab qilinadi, bu ham bo‘lsa bitta – g‘alaba», — deydi de Xea MUTV ga bergan intervyusida.

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.