Янгиликлар /

Reshford bilan yangi shartnoma imzolanadi

Мақола нашр қилинди

«Manchester Yunayted» hujumchisi Markus Reshford jamoasi bilan amaldagi shartnomani uzaytirishi mumkin, deya xabar qilmoqda The Sun nashri.

O‘tgan yilning yozida fubolchi «qizil iblislar» bilan to‘rt yillik shartnoma imzolagandi va unga ko‘ra hujumchining maoshi haftasiga 20 ming funt (23 ming yevro) miqdorida belgilangan. Yangi shartnoma 2021 yilga qadar mo‘ljallangan bo‘lib, Reshfordning haftalik maoshi yana 6 yevroga oshiriladi.

Reshford Premmer-liganing ushbu mavsumida 17 uchrashuvda maydonga tushib (8 ta asosiy tarkibda), uchta golga mualliflik qilgan.

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.