Янгиликлар /

Ibragimovich: Runi ajoyib futbolchi

Мақола нашр қилинди

Angliyaning «Manchester Yunayted» klubi hujumchisi Zlatan Ibragimovich yaqinda klub safida gol urish bo‘yicha rekord o‘rnatgan jamoadoshi Ueyn Runi haqida fikr bildirdi.

«Runi – o‘zgacha o‘yinchi. Maydondan tashqarida u haqiqiy yetakchi, maydonda esa shunchaki ajoyib. U jamoaga katta yordam bermoqda va uning ajoyib xislati bor: u qanday gol urishni va golga qanday assistentlik qilishni yaxshi biladi», – dedi Ibragimovich.

«Runi kimligini va qanday saviyadagi o‘yinchi ekanini barcha biladi. Angliya uni qadriga yetishi kerak».

«Runi kabi saviyadagi boshqa hujumchilarni ko‘rmayapman. U klub tarixidagi eng yaxshi to‘purarga aylandi va uning uchun xursandman. U rekord qo‘ygan vaqtda u bilan birga maydonda bo‘lganimdan faxrlanaman», – deydi Ibragimovich.

 

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.