Янгиликлар /

Fergyuson: Mourino o‘z ishini yaxshi bajarmoqda

Мақола нашр қилинди

«Manchester Yunayted» ning sobiq bosh murabbiyi Aleks Fergyuson jamoaning Joze Mourino qo‘l ostidagi o‘yinlariga baho berdi.

«Jamoa — murabbiyning oynadagi aksi. Ular o‘yinga chanqoq, o‘z oldiga aniq maqsad qo‘ygan, g‘alabaga bo‘lgan ishtiyoqi katta — bularning bari juda muhim. Agar ana shu duranglar bo‘lmaganida «MYu» «Chelsi»ga raqobat ko‘rsatardi. Bu achinarli va Mourino shunga ko‘nib yashashga majbur. Ammo u jamoani kuchaytirishni o‘ylamoqda».

«O’ylaymanki, u o‘z ishini yaxshi bajarmoqda. «MYu»da yutish qiyin bo‘lganidek, o‘yinchilarni shug‘ullantirish ham qiyin. Uning ishga berilib ketgani ko‘rinib turibdi. Jamoa yaxshi o‘ynayapti, ammo juda ham omadi kelavermayapti. «MYu» yutishi kerak bo‘lgan o‘yinlarda olti marta durang qayd etildi», – deydi Fergyusonyu

22 turan keyin «MYu» APL turnir jadvalida 6-o‘rinni egallab turibdi. Peshqadan «Chelsi» bilan oradagi farq 14 ochko.

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.