Янгиликлар /

«Old Trafford» kengaytiriladi

Мақола нашр қилинди

«Manchester Yunayted» jamoa stadioni «Old Trafford» ni yana 12 ming o‘ringa kengaytirish niyatida. Bu xaqida Dailymail nashri xabar bermoqda.

Xabarda aytilishicha stadionning ser Bobbi Charlton sharafiga nomlangan tribunasi 7 500 o‘ringa kengaytiriladi. Shuningdek stadiondagi nogironlar uchun maxsus sektorda ham o‘zgarishlar ro‘y beradi.

«Old Trafford» 88 000 gacha kengaytirilsa bu Yevropa jamoalari darajasidagi ikkinchi stadionga aylanadi ya’ni «Barselona» — «Kamp Nou» (99 354) dan keyingi. Xozirgi kunda ikkinchi o‘rindagi stadion «Real Madridga» qarashli — «Santyago Bernabeu» (85 454) dir.

Londondagi «Uembli» stadioni 90 000 muhlisga mo‘ljallangan, lekin u yerda asosan terma jamoa o‘yinlari bo‘lib o‘tadi.

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.