Янгиликлар /

SAF: Runining natijasi ulkan ahamiyatga ega

Мақола нашр қилинди

«Manchester Yunayted» klubi sobiq bosh murabbiyi Aleks Fergyuson mankunianliklar hujumchisi Ueyn Runi gol urish bo‘yicha klub rekordini yangilagani haqida fikr bildirdi.

Angliya chempionati 22-turida «Stok Siti»ga qarshi kechgan bahsda (1:1) Runi «MYu» tarkibida 250-golini kiritdi va 249 ta gol urgan Bobbi Charltondan o‘zib ketdi.

«Charltonning rekordi 44 yil davomida saqlanib turdi. Runi «MYu»ga kelgan vaqtda u Charltondan o‘zib ketishini hayolimga ham keltirmagan edim. Shu sababli Ueyn Runining natijasi ulkan ahamiyatga ega».

«Kimdir Runidan o‘zib keta oladi, deb o‘ylamayman. Ammo hech qachon hech qachon dema, degan gap bor. Garchi zamonaviy futbolda vaziyat boshqacha bo‘lsada, «Manchester Yunayted» bir futbolchini 10 yildan ortiq o‘z tarkibida olib qolishi mumkin», — deydi Fergyuson.

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.