Янгиликлар /

Vidich: Pol - ajoyib futbolchi

Мақола нашр қилинди

«Manchester Yunayted» sobiq sardori Nemanya Vidich mankunianlar yarim himoyachisi Pol Pogbaning joriy mavsumdagi o‘yiniga baho berdi.

«Ko‘p narsa odamlar undan nima kutayotganiga bog‘liq. Muammo shundaki, futbol bozori aqldan ozgan: Siz muhtoj bo‘lgan futbolchini xarid qilish uchun juda katta pul to‘lash kerak. Bu bosimning ortishiga sabab bo‘ladi. Pol — ajoyib futbolchi, biroq u har mavsum 25 ta gol uradiganlardan emas. U butun maydon bo‘ylab harakatlanib, o‘yinga tasir o‘tkazadi».

«Unga qiyin deb o‘ylayman, chunki odamlar undan boshqa narsalarni kutishyapti. Pogba joriy mavsumda o‘zini yaxshi ko‘rsatdi deb o‘ylayman» — deydi Vidich.

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.