Янгиликлар /

Mourino: O‘rtoqlik o‘yinlari kerak emas

Мақола нашр қилинди

«Manchester Yunayted» jamoasi bosh murabbiyi Joze Mourino mavsumning bu qismida milliy terma jamoalar o‘rtoqlik o‘yinlarini o‘tkazishidan ma’no yo‘qligini aytdi.

«O‘rtoqlik o‘yinlari? Mavsumning bu qismida ularga hojat yo‘q, bunga qarshiman. Agar jamoa rasmiy musobaqalarga tayyorgarlik ko‘rayotgan bo‘lsa, unda o‘rtoqlik o‘yinlari kerak. Tamom. Ammo mavsumning ikkinchi qismida ulardan foyda yo‘q. Ko‘pchilikka bu narsa yoqmaydi».

«Men bu nega ro‘y berganini bilmayman, ammo «Manchester Yunayted»ning birdaniga ikki himoyachisi, Fil Jons va Kris Smolling Angliya terma jamoasidan jarohat olgan holda qaytib keldi», deya Mourinoning so‘zlarini keltirgan Sky Sports.

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.