«Manchester Yunayted» sobiq yarim himoyachisi Pol Skoulz mankunianlar hujumchisi Ueyn Runi «qizil iblislar» safida qolishiga umid qilmoqda.
31 yoshli Runi Angliya terma jamoasining martdagi o‘yinlariga chaqirilmadi. Bundan tashqari, u yozda «Everton»ga qaytishi mumkin.
«U boshqa ingliz klubiga o‘tishini istamayman, umid qilamanki, u «MYu» tarkibiga qaytadi. Agar Runi buni uddalasa, Angliya terma jamoasiga ham qayta oladi».
«Unda katta tajriba bor va bu bilimni yoshlarga ulashishi mumkin» — deydi Skoulz.
Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.