Янгиликлар /

«Yunayted» da 5 ta yo‘qotish bor

Мақола нашр қилинди

Joze Mourino Angliya Premer ligasining 30-turidan o‘rin olgan «Vest Bromvich»ga qarshi uchrashuv oldidan bir qator yetakchi futbolchilar maydonga tusha olmasligini ta’kidlab o‘tdi.

«Vest Bromvich»ga qarshi uchrashuvdan oldin biz to‘rt nafar futbolchini yo‘qotgandik. O‘ylashimcha Pogba ham bu uchrashuvda maydonga tusha olmaydi. Natijada jami bo‘lib, besh nafar futbolchi xizmatidan bu uchrashuvda foydalana olmaymiz», — deya Mourinoning so‘zlarini keltiradi klub rasmiy sayti.

Pogba Yevropa Ligasining 1/8 final «Rostov»ga qarshi javob uchrashuvida (1:0) tizza osti paylarini shikastlab olgandi. Himoyachilar Kris Smolling va Fil Jons Angliya terma jamoasi bilan birga bo‘lishganida jarohatlangan bo‘lsa, yarimhimoyachi Ander Errera va hujumchi Zlatan Ibragimovich bu uchrashuvni diskvalifikatsiya tufayli o‘tkazib yuboradi.

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.