Янгиликлар /

Ibragimovich: G‘alaba qozonish uchun kelganman

Мақола нашр қилинди

«Manchester Yunayted» ning shvetsiyalik hujumchisi Zlatan Ibragimovich agar «qizil iblislar» joriy mavsum Yevropa chempionlar ligasiga yo‘l olsa yana bir yil Angliyada qolishga tayyorligini bildirdi.

Eslatib o‘tamiz, Ibragimovich shartnomasining amal qilish muddati 2017 yilning yozida yakuniga yetadi. Ayn shu sabab uni MLS klubi — «Los-Andjeles Gelaksi»ga o‘tishi haqida xabarlar tarqalgan edi.

«Manchesterga kelgan vaqtim jamoa YECHL yoki Premerliga favoritligini o‘ylashni unutub qo‘ygandi. Lekin «MYu»ga yordam berish va jamoani kuchaytirish uchun o‘tdim».

«O‘z kelajagim borasida savollarga qanday javob qaytarishni bilmayman. Muzokaralarni davom ettiryapmiz. Ko‘ramiz, nima bo‘ladi. Endi oldida ko‘p yillik faoliyat kutib turgan 20 yoshli emas, 35 yoshdaman».

«Balki, faoliyatimni yakunlashimga juda oz vaqt qolgandir. Hammasi mening va klubning maqsadiga bog‘liq. Boshidanoq bu yerga vaqt o‘tkazish uchun emas, g‘alaba qozonish uchun kelganman», — deydi Ibragimovich.

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.