Янгиликлар /

Mourino: Reshford ko‘p ishlayapti

Мақола нашр қилинди

«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Joze Mourino jamoa hujumchisi Markus Rashfordni himoya qildi.

Futbolchi o‘tgan yilning sentyabr oyidan beri gol urgani yo‘q, ammo portugaliyalik mutaxassis bunda tanqid uchun sabab ko‘rmayapti.

«Markus qo‘llab-quvvatlashga munosib. U ko‘p ishlayapti, chapda, markazda o‘ynamoqda, o‘zini ko‘rsatishga harakat qilyapti».

«Meni hayron qoldiradigan narsa yo‘q. U o‘zining debyut mavsumida yaxshi o‘ynadi, ammo uning yoshida ikkichi yil pasayish — odatiy holat. Rashford bilan hech qanday muammo yo‘q» — deydi Mourino.

O‘tgan mavsumda Rashford APLning 11 ta uchrashuvida 5 ta gol urdi va 2 ta golli pas berdi. Joriy mavsum 19 yoshli hujumchi 24 ta uchrashuvda 3 ta gol urib, 1 ta golli uzatma bergan.

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.