Jessi Lingard rasman jamoa bilan yangi shartnoma imzoladi. Bu xaqida «Manchester Yunayted» rasmiy sayti xabar berdi. Futbolchi bilan 4+1 ko‘rinishida shartnoma imzolangan.
24 yoshi Lingard jamoa Akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U 7 yoshdan boshlab jamoa akademisi tizimida shug‘ullanib keladi. Jessi asosiy jamoa tarkibida 2014/2015 mavsumda «Suonsi» ga qarshi bahsda debyut qilgan. Shu kunga qadar jamoa tarkibida 70 uchrashuvda maydonga tushib 11 gol urgan, shu goldan uchtasini «Uembli» stadionida kiritgan va bu gollar «Yunayted» ga 3 musobaqada g‘olib bo‘lishiga yordam bergan.
Yangi shartnoma borasida Jessi quyidagilarni aytib o‘tdi: «Manchester Yunayted» doim mening hayotimning katta bir bo‘lagi bo‘lib kelgan. Men jamoa bilan 7 yoshimdan buyon birgaman va har safar jamoa libosini kiyganimda faxrlanaman. Men va oila a’zolarim ikki kubok finalida gol urganimdan faxrlanib kelamiz».
Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.