«MYU» yarimhimoyachisi Rayan Giggz 104 yoshli muxlisasi Emili Mallinderining tug‘ilgan kunigatashrif buyurdi va uni tabrikladi. Bu haqida uchrashuv tashkilotchisi Anjella Makgintiso‘zlab berdi.
«Emili «ManchesterYunayted»ni juda yaxshi ko‘radi. Bir safar klubdagi futbolchilar orasida eng yoqimlifutbolchisi Rayan Giggz ekanini aytgandi. Men klub bilan bog‘landim va o‘zim hamkutmagan holatda ulardan ijobiy javob oldim.
Rayanni ko‘rgandan so‘ng Emili hayajondan hatto gaptopolmay qoldi. Rayan hamma bilan suratga tushdi va kelgusi yil ham kelishga va’daberdi. Barchaning nomidan klub va Rayanga minnatdorchilik bildirmoqchiman. Bu kunEmili uchun unutilmas bo‘lib qoladi», deydi Makginti
Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.