Янгиликлар /

Runi: De Xea «MYU»ning kelajagi

Мақола нашр қилинди

Ueyn Runining ta’kidlashicha, «Fulxem»ga qarshi o‘yini orqaliDavid De Xea «Manchester Yunayted» darvozasi uchun eng loyiq va eng kuchli darvozabonekanini isbotladi va barcha tanqidchilarga ko‘rsatib qo‘ydi.

Angliyalik hujumchi ser Aleks Fergyuson kabi ispaniyalik darvozabonnimaqtadi va uni kechagi g‘alabadagi eng muhim o‘yinchilardan biri bo‘lganini aytdi:«David shunchaki ajoyib o‘ynadi. O‘ylashimcha, so‘nggi haftalarda u bir nechta fantastikuchrashuvlar o‘tkazdi.

U ko‘plab seyvlarni amalga oshirdi. «Tottenxem» bilan o‘yindanso‘ng unga nisbatan tanqidlar yomg‘iri bo‘lganini bilaman. Biroq o‘sha o‘yinda ubizni bir nechta gollardan qutqardi va bir ochko bo‘lsada olishimizga yordam berdi.Men juda ko‘p darvozabonlar xatosini ko‘rganman, o‘sha o‘yinda bo‘lsa David xatoqilmadi deb hisoblasak ham bo‘ladi. Biz barchamiz Davidni qo‘llab-quvvatlaymiz vau – bizning kelajagimiz», — deydi Angliyalik hujumchi.

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.