Янгиликлар /

Leskott: «MYU»ni bosim ostida ushlay olamiz

Мақола нашр қилинди

«ManchesterSiti» jamoasi himoyachisi Joleon Leskott Angliya Premer-ligasi 25-turidan o‘rinolgan «Liverpul»ga qarshi uchrashuv haqida o‘z fikrlarini bildirdi.

«Liverpul» Evrokuboklar uchun kurashmoqda, shu sababdan bizniqiyin bahs kutmoqda. Biroq biz yomon yomon o‘ynamayapmiz, shunchaki «KPR»ga qarshiso‘nggi o‘yinda gol ura olmadik holos.

Oxirgi o‘yinlarda biz ko‘p vaziyatlar yaratdik va ularni golgaaylantirdik. Biz yana g‘alabali seriyani boshlab olishimiz zarur, shunda «MYU»nibosim ostida ushlay olamiz, ayniqsa ulardan avval o‘ynasak. Biroq bu safar ularningo‘yini bizdan oldinga to‘g‘ri keldi, ular uch ochko olishda va farqni oshirishdi.

Biz seshanba kuni tunda chempionlikni yutmadik ham, boy bermadik ham, shunchakiishlashda davom etishimiz lozim. O‘z o‘yinimizga e’tibor qaratishimiz kerak, shundagina«MYU»ning qoqilishidan unumli foydalanamiz», – deydi Leskott.

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.