Янгиликлар /

Essen: Biz «MYU»dan qo‘rqmaymiz

Мақола нашр қилинди

«Real» yarim himoyachisi Maykl Essen Chempionlar ligasi 1/8 final bosqichi doirasidagi «Manchester Yunayted»ga qarshi o‘yin oldidan intervyu berdi.

«Biz «MYU»dan qo‘rqmaymiz. «Real» futbolchilari o‘yinga tayyor va mazkur bahsni sabrsizlik bilan kutishmoqda.

Mankunianliklar safida juda tajribali hujumchilar bor. Ularni qay tarzda to‘xtatish usulini o‘ylab topishimiz kerak.

Mourino men bilan yaxshi munosabatda. U menga imkoniyatlar bermoqda va men «Real»da baxtliman. Ertaga o‘ynashga tayyorman.

«MYU»ga qarshi bir necha bora o‘ynaganman, biroq Chempionlar ligasi umuman o‘zgacha holat – bu katta o‘yin bo‘ladi», – deydi Essen.
Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.