Янгиликлар /

Ueyn Runi: Natija uchun imkoniyat bo‘ladi

Мақола нашр қилинди

Angliyaning «Manchester Yunayted» klubi hujumchisi Ueyn Runi 1/8 final «Real»ga qarshi uchrashuvi oldidan o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

«Men Ronaldu bilan Krishtianu Ronaldu bilan bir jamoada to‘p surganman. Messi va u zamonaviy futbolning eng kuchli vakillari sanalishadi».

«Albatta «Real» safida eng katta xavfni Krishtianu Ronaldu ko‘rsatadi. U aqlbovar qilmas iqtidor egasi. Uni zararsizlantirish juda murakkab bo‘ladi. Ammo hammasi o‘z joyida bo‘lsa, bizda qoniqarli natija qayd etish uchun imkoniyat bo‘ladi».

«Real»da ajoyib tarkib shakllangan. Har bir chiziqda ajoyib futbolchilar to‘p surishadi. Bizni juda murakkab uchrashuv kutib turibdi. Alonso, O‘zil va Benzema kabi futbolchilar har daqiqada raqibni jazolashi mumkin bo‘lgan futbolchilar sanalishadi. Shunday bo‘lsada, biz puxta tayyorgarlik evaziga o‘zimizning eng yaxshi o‘yinimizni ko‘rsata olishimiz talab etiladi».

«Premer-liga uchun ham, chempionlar ligasi uchrashuvlari uchun ham bir xil tayyorgarlik olib boramiz. Men har bir uchrashuvda g‘alaba qozonishni istayman. Shunday ekan barcha uchrashuvga bir xil tayyorgarlik ko‘raman. Har bir uchrashuv oldidan odatdagidek bo‘lajak o‘yinda o‘zimni qanday tutishim, maydonda qanday harakat qilishim umuman olganda «MYU» g‘alabasini o‘ylab maydonga chiqaman», deydi Runi.
Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.