Янгиликлар /

«MYU» «Krasnodar» himoyachisiga qiziqmoqda

Мақола нашр қилинди

Rossiyaning «Krasnodar» klubi o‘ng qanot himoyachisi Ognen Vranesh Angliyaning «Manchester Yunayted» klubi diqqat markazida bo‘lib turibdi. Bu haqda «SportSport.ba» nashri xabar tarqatdi.

Ingliz klubi skautlari 23 yoshli Bosniya terma jamoasi himoyachsi o‘yinlarini kuzatib borishmoqda. Ular so‘nggi marta JCh-2014 saralash bosqichi doirasidagi Bosniyaning Litvaga qarshi uchrashuviga tashrif buyurishgan.

«Ha, sizda to‘g‘ri ma’lumotlar bor ekan. Ammo bu borada boshqa biror narsa deya olmayman. Ko‘ramiz, davomi qanday bo‘larkan», deydi Vranesh yuqorida nomi keltirilgan manbaga bergan intervyusi chog‘ida.

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.