«Manchester Yunayted» hamda Angliya terma jamoasi yarim himoyachisi Maykl Kerrikning taʼkidlashicha, u Denny Uelbek o‘yinining muxlisi ekan.
Kerrikning aytishicha, Danielni nafaqat klubda, balki terma jamoada ham kelajagi porloq.
«Men Uelbekning chinakam muxlisiman. Men u bilan bir klubda o‘ynayotganim uchun bunday demayapman, ammo u haqiqatdan so‘nggi yillarda ajoyib o‘yin ko‘rsatmoqda.
Klubga Van Persi kelgandan so‘ng, Uelbekda asosiy tarkibda o‘ynash uchun imkon pasaydi, ammo u harakatni susaytirayotgani yo‘q. Hujum chizig‘ida shunday jiddiy raqobat ketayotgan bir paytda u o‘zini yuqotib qo‘yayotgani yo‘q.
Agar u shu yo‘sinda davomm etsa, eng kuchli bo‘ladi»,-deya Daily Mail nashriga intervyu berdi Kerrik
Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.