Янгиликлар /

«MYU» Vidichni sotishga tayyorlanmoqda!

Мақола нашр қилинди

«Manchester Yunayted» o‘zining sardori Nemanya Vidichni «Anji» klubiga sotishga chog‘lanmoqda, deya xabar tarqatmoqda Goal.com o‘zining eksluziv sahifasida.

Serbiyalik himoyachini qatorasiga ikki mavsumdan beri jiddiy jarohat qiynayotgani bois, «Yunayted» ning himoya chizig‘i zaifligicha qolmoqda. Shuningdek, Vidich yosh ham emas, u keyingi hafta 31 yoshga to‘ladi.

Xabarlarga ko‘ra, «Yunayted»da Vidich uchun «Anji»dan ajoyib 33 million funtlik taklif bor ekan. Shuningdek Vidichda Rossiya chempionatida o‘ynash uchun tajriba ham bor. U 2006-yilda aynan shu yurt klubi «Spartak»dan «Old Trafford»ga kelgan edi.

Qo‘shimcha qilib aytib o‘tamiz, Vidichni yanvarda «Fulxem» himoyachisi Bred Xangeland almashtirishi mumkin. Shuningdek, Aleks Fergusonda Ferdinandga ko‘makdosh, Djons, Smolling va Evanslar ham bor.

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.