«Manchester Yunayted» klubi yarim himoyachisi Shinji Kagava murabbiylar shtabi tomonidan hujum ortida o‘ynashi haqidagi ko‘rsatmalar xususida gapirib o‘tdi.
«Menga to‘pni raqib darvozasiga nisbatan orqa tomonim bilan qabul qilmasligim kerakligini aytishdi. Chunki qayrilib olib, hujumga yugirishim va kerak bo‘lsa gol urishim lozim bo‘ladi.
Jismoniy holatimni yaxshilashim shart. Gol urish uchun esa, harakat qilishim kerak. Bo‘lmasa men unchalik xavfli bo‘lmay qolaman», — deydi Kagava
Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.