Maxachqalning «Anji» klubi «Manchester Yunayted»ning Serbiyalik himoyachisi Nemanya Vidichni sotib olmoqchi, deya xabar beradi Goal.com
Manbaning xabar berishicha, «Anji» «MYu»ga 40 mln evro, Vidichga esa, haftasiga 250 ming evro maosh berishga tayyor. Bu borada qo‘shimcha maʼlumotlar yo‘q.
Eslatib o‘tamiz, Vidich 2006 yil «Manchester Yunayted»ga Moskvaning «Spartak» klubidan o‘tgan edi. Transfer summasi o‘sha paytda Angliya OAV maʼlumotiga ko‘ra 9 mln evroni tashkil qilgan.
Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.