Янгиликлар /

Bakcell «Yunayted»ni rasmiy hamkori

Мақола нашр қилинди

«Manchester Yunayted» rahbariyatini Ozorbayjondagi 15 oktyabrdagi tashrifi tafsilotlari maʼlum bo‘ldi.

Kutilgandek jamoa Azarbayjon aʼloqa operatori Bakcell bilan bir necha shartnomalarni imzolashgan. Ushbu shartnomani yakunlash maqsadida 19 karra Angliya chempioni nomidan klubni sobiq darvozaboni Piter Shmeyxel Boku shahrida tashrif buyurdi.

1news.az portalini xabar berishicha «Manchester Yunayted» va Bakcell hamkorligidagi press-konfirensiya Bokuni Press sentirida bo‘lib o‘tgan. Azarbayjon aʼloqa operatori «Yunayted» klubini MDH davlatidagi birinchi rasmiy xamkoriga aylandi. Kompaniya ushbu kelishuvdan so‘ng abonentlar va muxlislarga maxsus xizmatlarni joriy qildi.

Bu xizmatlar orqali fanatlar «Manchester Yunayted» haqida so‘nggi xabarlar, videolavhalar, ringtonlar, klubning so‘nggi uchrashuvi, rasmlari va hokazolardan boxabar bo‘lishlari mumkin. Shuningdek, ushbu xizmatlar ichida MUTV kanalini Ozarbayjonda namoyish qilish ham kelishilgan.

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.