Янгиликлар /

Fergyuson: Mourino davrida «Chelsi» kuchli va tajovuzkorroq edi

Мақола нашр қилинди

«Manchester Yuayted» bosh murabbiyi Aleks Fergyuson Angliya chempionati 9-turida «Chelsi»ga qarshi o‘yindan oldin Mourino davrida London klubi kuchliroq ekanligini ta’kidladi.

«Hozir «Chelsi» eng kuchli tarkibga ega, deya olmayman. Ammo Mourino davrida jamoa ajoyib ko‘rinishga ega edi, u bilan o‘ynash juda qiyin edi.

U paytda ularda Drogba, yarimhimoyada o‘ynashiga qaramay, har mavsumda 30tadan gol uradigan yosh Terri va Lempardlar bor edi. Endi ularda bunday jamoa bo‘lmaydi. U paytda «Chelsi» haqiqiy kuchli va tajovuzkor edi, ularni yutish juda ham qiyin ish edi.

Jamoa Chempionlar ligasida zafar quchgandan so‘ng qo‘shimcha quvvat oldi. Roberto di Matteo jasur va o‘ziga ishongan inson, uni hurmat qilish kerak. Bu juda yoqimli.
Mata, Azar va Oskarlarni bir vaqtda maydonga tushirishni men tavakkalchilik deb atagan bo‘lar edim.

Ammo bu Di Matteoga hujum nuqtai nazaridan katta ijodiy hudud beradi. Uni ushlay olsa, g‘alabaga imkoniyat tug‘iladi», — deya Fergyusonning so‘zlarini keltiradi Goal.com.

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.