Янгиликлар /

«Manchester Yunayted»: Raqamlarda

Мақола нашр қилинди

Futbol klublarining o‘yiniga va natijalariga ularning statistikalalariga e’tibor bermasdan turib baho berish bu — yaxshi albatta.

Biroq raqamlar sizning ko‘rgan va xis etgan voqealaringizni to‘liqligicha ochib berishi mumkin, nima bo‘lganda ham barchaning o‘z fikri bor albatta, raqamlar bo‘lsa, hech kimni aldamaydi va hech kimga yon bosmaydi. Bugun o‘sha raqamlar haqida gaplashamiz siz bilan. Har xil raqamlar bilan. Qiziqarli va juda qiziqarsizlari haqida ham, biroq maqola yaxshi chiqadi degan umiddaman.

Hech bir o‘yin yo‘q-ki, sarguzashtlarni boshdan kechirmasak

Mavsum startida «Yunayted» juda ko‘p bora, kutilmagan holda trillerlar bilan bizni xushnud etmoqda, ular yaxshiyamki, ko‘p hollarda bizning foydamizga hal bo‘lmoqda. Qo‘lga kiritgan o‘nta g‘alabamizdan — 6 tasi shunday tarzd qo‘lga kiritildi, ya’ni bu oltita o‘yinda yigitlarimiz birinchi bo‘lib gol o‘tkazib yuborishdi va shundan so‘ng o‘z irodalarini namoyish eta bilishdi. Biroq so‘nggi 12 uchrashuvning sakkiztasida biz ortda qolayotgan jamoa rolini o‘ynaganimizni — bizni havotirga solmoqda va tom ma’noda qo‘rqitmoqda ham!
 
Bu holatda biz tuzalishni yoki yaxshi tomongna o‘zgarishni ko‘rmayapmiz. 5 ta so‘nggi uchrashuvdan 4 tasida raqiblar darvozamizga birinchi bo‘lib to‘p kiritishni uddalashdi, buning ustiga ulaar har gap bu gollarni birinchi 15 daqiqalikda kiritib olishdi — Tottenxem Xotspurs (2 daqiqada), Kluj (14 daqiqada), Stok Siti (11 daqiqada) va Braga (2 daqiqada). Buning ustiga bu 4 ta uchrashuvning 3tasi, jonajon «Old Trafford»da o‘tkazildi, bu o‘yinlarda oldindan g‘olib kim bo‘lishini aytib bera olish qiyin bo‘lmagan o‘yinlarda, shunday dramatik yakunlar bo‘lib o‘tdi.
 
«Braga» bilan o‘yindagi o‘tkazib yuborgan golimiz haqida fikr bildirsak, bu gol jamoamizning Chempionlar ligasi doirasida o‘tkazib yuborgan eng tezkor gollardan biri bo‘ldi. Bundanda tezroq golni Del Pero to‘p bilan 20 soniyalik dribling uyushtirganidan so‘ng kiritgan edi, o‘sha holat ham 1997 yilning oktyabr oyida bo‘lib o‘tgan edi … Afsuski, shundan so‘ng yana biz bu mavsum kam ko‘rgan voqeamiz sodir bo‘ldi — bizning 0:2 hisobida mag‘lub bo‘la turib, g‘alaba qozonib ketgan ikkinchi uchrashuvimiz. Birinchisini menimcha barchangiz yaxshi eslasangiz kerak. Buyuk kambeklardan biri, Turinda «YUventus» bilan 1999 yilgi uchrashuvda biz g‘alaba qozonib ketgan edik.
 
Uchrashuv startidagi muammolar ko‘zga tashlanib qolmoqda va Ser Aleks uni ko‘rib turibdi, biroq bu holat yuzasidan ma’lum izoh va bu holat yechimini u hali topganicha yo‘q. Teoriya va boshqotirmalar — ular haqida hozirda ortiqcha o‘ylashning o‘zi axmoqlik. Balki muammoning yechimi bu uchrashuv startidagi jamoa kayfiyati va ruxiyatidir. Biroq bu shu darajadagi yuza o‘ylangan fir-ki, bu haqida boshqa qaytarishni ham istamayman… Shu sababdan, kuzatib va qidirib boramiz, qani muammo nimada ekan. Mana masalan, jamoamizning hujum chizig‘ida ancha vaqtdan beri haqiqiy iroda va fidoiylik paydo bo‘lgan, biz bu holatni ancha uzoq kutgan edik. Yaxshiyam-ki shunday, aks holda biz hozir ancha past o‘rinlarda bo‘lgan bo‘larmidik.
 
Standartlar
 
Birinchi 12 ta o‘tkazgan uchrashuvlarimizda burchak to‘plari bo‘yicha hisob 74-69 bizning foydamizga. Juda hayron qolarli raqamlar. O‘zimiz ham burchak to‘pi tepamiz va boshqalarga ham bunday imkoniyat taqdim etamiz, o‘ylab qarasak, bu uncha ham yaxshi natija emas biz uchun. Agarda ikkinchi qavatda kurashish bo‘yicha imkoniyatlarimiz juda past ekanligini hisobga oladigan bo‘lsak, bu yomon. «Everton» (39%) «Uigan» (33%) va «Stok Siti» (31%) — biz ikkinchi qavatda kurashish bo‘yicha mana shunday ortda bordik yuqoridagi uch uchrashuvda, «Liverpul» (44%) va «Nyukasl Yunayted» (47%) — uncha ham katta ko‘lamda emas, biroq ortda bormoqdamiz… So‘z o‘rnida, Davida De Xeaning yagona kamchiligini keltirib o‘tmoqchiman — aynan to‘plarga chiqishda u qovun tushiradi. Shu sababdan ham ispaniyalik va daniyalik darvozabonlarimiz hafa bo‘lmasin desak, darhol ikkinchi qavatdagi himoyachilarimiz o‘yinini yaxshilashimiz kerak. Shundagina bo‘lmag‘ur odatimizdan qutilamiz va darvozamiz dahlsizligini saqlab qola bilamiz.
 
Agarda bizning burchak to‘plarimiz haqida gapirsak, aytish joizki, «Yunayted» Premer-Ligadagi burchak to‘plaridan so‘ng gol kiritish bo‘yicha yetakchi jamoa sanaladi. «Qizil iblislar» hisobida 6 ta gol bor va bu gollar 49 ta burchak to‘pi imkoniyatlarida kiritilgan. Demak, bu degani har bir 8 ta uzatish.natija keltirmoqda Juda ham ajoyib va yoqimli natijalar.
 
Keling penalti haqida ham gapirib o‘tsak. Bizning darvozamiz tomon hozircha 11-metrlik zarba o‘rnatishgani yo‘q, raqib darvozasiga bo‘lsa — ha, bir necha bora. Barchasi bo‘lib 4 ta zarba, bu to‘rtta standart ketma-ket to‘rtta uchrashuvda belgilandi — «Sautgempton», «Uigan», «Galatasaroy» va «Liverpul»ga qarshi o‘yinlarda. Agarda kimdur yaxshi eslamayotgan bo‘lsa, eslatib qo‘yaman, ulardan bor yo‘g‘i bittasigina muvaffaqiyatli amalga oshirilgan holos — o‘sha gol mersisaydliklar darvozasi o‘ng burchagidan o‘rin oldi. Buning ustiga, Pep Reynada Robin Van Persining zarbasini qaytarish imkoniyati bor edi. Juda ham asabbuzar sonlar. Ko‘ramiz nima bo‘ladi bundan buyog‘iga, ayniqsa Ueyn Runi muallifligi ostidagi zarbalarda.
 
Standart vaziyatlari haqidagi gaplarimni juda ham biz uchun yomon va, aqlga chig‘maydigan statistika bilan yakunlayman. Bizning tariximizdagi eng zo‘r to‘purarlardan biri, klub yetakchisi va shunchaki ajoyib inson — Mister Avtogol uni ham aynitdi, bizning tarafimizga zarar keltirishni boshladi, bu mavsum bizning darvoza bu bo‘lmag‘ur avtogol kasriga ikki marta qoldi. Tragediyaning o‘zginasi.
 
Uchrashuvdagi nazorat
 
Bu mavsum to‘p bilan muomila qilish borasida faqatgina «Liverpul»ga imkoniyatni boy berdik holos (48%), bu jamoani «tiki-taka» taktikasi tarafdori — uelslik Brendan Rodjers boshqarishini aytib o‘tish joiz. Qolgan 11 ta uchrashuvda bo‘lsa to‘p asosan bizning nazoratimizda bo‘lgan. To‘p bizda eng ko‘p turgan o‘yin bu «Tottenxem Xotspurs» klubiga qarshi o‘yinda bo‘ldi (74%), «Kluj» (73%) va «Everton» (69%). Ha, ikki o‘yinda, biz mag‘lub bo‘lgan uchrashuvlarda — to‘p bizning nazoratimiz ostida bo‘lgan. Biroq bu ustunlik bizga ikki o‘yindagi mag‘lubiyatdan qutilishga yordam bera olmadi.
 
Paslarning aniqlik foizi bo‘lsa 85%.dan pastga tushmayapti. Ajoyib natija, bu jamoa to‘pni qadrini bilishini va o‘yinda juda kam xatoliklarga yo‘l qo‘yishini bildiradi. Juda ham kulgili, ammo «Yunayted» aniq paslarni mag‘lubiyatga uchragan o‘yindan keyingi uchrashuvlarda amalga oshirgan. «Fulxem»ga qarshi uchrashuvda jamoa paslarining aniqligi 93%lik natijani ko‘rsatib berdi, «Kluj»ga qarshi o‘yinda bo‘lsa 92%. Ser Aleksning jahli yomon ekanini ko‘rib turibsiz .
 
Bizning yigitlarimiz 12 ta uchrashuvda 28 bora o‘yindan tashqari holatga tushib qolishgan. Boz ustiga Portugaliyaning «Braga» jamoaasiga qarshi o‘yinda bu raqamlar juda katta ko‘lamda o‘sishga va hozirgi holatiga kelishga erishdi — 7 bora o‘yindan tashqari holat, bu mavsumdagi rekord natida sanaladi. «Indzagi» tipidagi raqiblarimiz bo‘lsa bu borada juda ham faollar — 11 offsaydlar, buning ustiga deyarli har bir uchrashuvda. Gap nimada, buni aniq aytib berish qiyin masala. Umid qilamizki, gap bizning himoya chizig‘imizda emas. Biz shunchaki to‘pni ko‘proq ushlab turamiz va ko‘proq hujumlar uyushtiramiz. Keling shu gapining o‘zida to‘xtay qolamiz, bo‘lmasam sizni zeriktirib yuborishim mumkin.
 
Qotillar
 
Barchadan ko‘ra ko‘proq sariq kartochkani albatta sariq sochli shag‘zodamiz va buyuk yarim himoyachimiz Skoulz olgan. Bizning sevimli qotilimiz xisobida hozirda 4 ta sariq kartochka bor. Polning o‘yini shunday ekanini xisobga olsak, buni shunchaki oddiy hol sifatida yon daftarchamizga yozib qo‘ysak bo‘ladi. Oyoqqa tashlanishlar va to‘p uchun birinchi qavatdagi qo‘rqinchili kurash — bu uning muxabbati, u doim shunday bo‘lib qolgan.
 
Jamoaning ikkinchi «xuligan»i deya, klub yangi futbolchisi — Robin Van Persi e’tirof etildi. Gollandiyalik futbolchi hisobida uchta ogohlantirish bor va bu uning juda qattiq xarakter sohibi ekanidan daolat beradi. Bu holatni biz uning ishtirokidagi «Arsenal» uchrashuvlarida ham ko‘rganmiz, bu yerda bo‘lsa bu holatlar yana o‘z tasdiqini topmoqda holos. Uning o‘zgachaligi va to‘purarlik hislatlari tasdiqlanayotgani kabi. Moslashish jarayoni yaxshi o‘tdi va deyarli bilinmadi ham, endi bizda jahon darajasidjasi yana bir ajoyib to‘purar bor, demak hujum chizig‘imizda kurash katta.
 
O‘rtacha jamoamiz 119 bora raqiblariga nisbatan qo‘pol harakat qilgan, bu degani har bir uchrashuvda o‘rtacha 10 marta qoida buzilishi. Bu qoida buzilishlar natijasida 15 ta sariq kartochka hakamlar cho‘ntagidan chiqarilgan. Ularning yarimi men yuqorida nomi keltirilgan ikki futbolchiga berilgan.
 
Yakshanba kungi o‘yin haqida sonlar so‘zlaydi

12 — bu mavsumda «Manchester Yunayted» rasmiy uchrashuvlarda biror marta ham durang natija qayd etmadi. 10 ta uchrashuv g‘alaba bilan yakunlangan bo‘lsa, ikki uchrashuvda mag‘lubiyatga imzo chekilgan. Kelisha olmaslik hususiyati.
 
11 — «Manchester Yunayted» Premer-Ligadagi safar uchrashuvlarida 5 fevraldan beri durang natija qayd etmaydi. O‘sha qishki uchrashuv ham «Stemford Bridj»da o‘tkazilgan bo‘lib, «Chelsi» bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuv 3:3 hisobidagi durang natija bilan yakunlangan. Seriya.
 
5 — Premer-Liga doirasidagi uchrashuvlarda Robin Van Persi «Stemford Bridj»dan barchadan ko‘ra ko‘proq gol kirita olgan, boshqa ular mexmoni bo‘lgan hech bir futbolchi gollandiyalik kabi gol kirita olmagan. Qurol.
 
4 — «Chelsi»ga qarshi barcha musobaqalardagi so‘nggi 5 ta uchrashuvda, «Manchester Yunayted» to‘rt bora g‘alaba qozongan va bir marta durang natija qayd etgan. Doimiylik.
 
2 — David Luiz «Manchester Yunayted»ga qarshi kechgan so‘nggi «Stemford Bridj»dagi ikki uchrashuvda bizning darvozaga gol kiritgan. Havf.
 
Mana aziz «Manchester Yunayted» muxlislari, «qizil iblislar»ning bu mavsumdagi ham yaxshi, ham yomon statiskalari bilan tanishib chiqdik, umid qilamanki, sizga bu maqola yoqdi.
Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.