Янгиликлар /

NTV PLUS APL huquqini sotib oldi

Мақола нашр қилинди

Rossiyaning eng mashhur telekanallaridan biri «NTV plus» Angliya premer-ligasining 2013/2014 yilgi translyatsiya huquqini sotib oldi. Bu haqda kanal bosh muharriri Vasiliy Utkin o‘z tvitterida xabar qoldirdi.

«Yo Xudo. Angliya o‘z uyiga qaytdi. Angliya yana «Plus»da. Biz Angliyani sotib oldik. Bu haqda rasmiy ma’lumotlar ertaga. Hozircha bizni tabriklab turing», deya o‘z tvitterida yozib o‘tdi Utkin.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq «NTV plus» telekanalining bosh prodyuseri Dmitriy Chukovskiy kanal APLning 2013/14 yilgi mavsum translyatsiya huquqini sotib olishga harakat qilishlarini ta’kidlab o‘tgandi.
Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.