Янгиликлар /

SAF: Biz Nanini jamoada olib qolmoqchimiz

Мақола нашр қилинди

Ser Aleks jamoaningportugaliyalik vingeri bilan yangi shartnoma imzolash niyatida ekanini va uningketishiga qarshi ekanini aytdi.

Nanining shartnomasikelasi mavsum so‘nggida o‘z yakuniga yetadi va ommaviy axborot vositalari uni «OldTrafford»ni tark etishiga yuz foiz ishonch bildirdilar. Biroq ser Aleks Nani xizmatlaridanfoydalanmoqchi ekanini bildirdi: «Hech bir shubhasiz biz uni jamoada olib qolmoqchimiz.U o‘zgacha gollarni kiritishga qodir. Bu yigitcha ajoyib iqtidor sohibi, aynan shusabab biz ancha g‘alabalarni qo‘lga kiritganmiz. U g‘oliblik xarakteriga ega kamsonli futbolchilardan biri», — deydi ser Aleks manutd.com saytiga bergan intervyusichog‘ida.

«Devid Gillbir necha haftadan beri uning agenti bilan muzokaralar o‘tkazmoqda. Hozirda barchasiNaniga bog‘liq. O‘ylashimcha, unga klub asosiy tarkibidagi o‘rni hal qiluvchi ahamiyatgaena emas. Agar «Reding» bilan o‘yindagi harakatlarini davom ettirsa, uning o‘ziasosiy tarkibdagi o‘ringa ega chiqadi. Uni jamoada saqlab qolish uchun qo‘limizdankelgan barcha ishni qilamiz».

«Nani jarohatlarga bu yil ko‘p to‘qnash keldi, shu sababu olti va undan ham ko‘proq katta futboldan chetda bo‘ldi. Biz uni davolanishi vakuch to‘plashi uchun Portugaliyaga yubordik. Endi u tarkibga qaytdi, uning xizmatlarigamen umid bog‘laganman. Bu menga boshqa tarafdan bosh og‘rig‘i ham bo‘ladi. Nanio‘ng qanotda o‘ynashni yaxshi ko‘radi, biroq Antonio Valensiya katta ko‘lamdagiishni bajaradi va biz uchun u ham muhim. Biz Nani ba’zida chap qanotda o‘ynashiniistar edik. Bizda Eshli Yang va Rayan Giggzlar ham chap qanotda o‘ynashadi. Bizdafantastik variantlar bor, shu sabab muvaffaqiyatlarga bo‘lgan imkoniyatimiz oshadi»
Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.