Danni Uelbek «Kuinz Park Reyndjersga qarshi kechadigan bugungi uchrashuvdauch ochko olishni maqsad qilgan va «Manchester Yunayted» jamoasi taktikasi judayopiq o‘yin ko‘rsatadigan londonliklar himoyasini yorishiga umid bog‘lagan.
Hattoki APL birinchi va so‘nggi jamoalari to‘qnash kelishayotgan bo‘lishsa-da,Ser Aleks Fergyuson jamoasi Xarri Rednapning o‘yinchilari «Chelsi», «Tottenxem»va «Manchester Siti»dan ochko olganari esdan chiqmasligi lozim.
Poytaxtdagi uchrashuvda oson o‘yin bo‘lmaydi, biroq maqsad bittaligi aniq«Manchester Siti»ga «Chelsi» bilan yakshanba kungi o‘yin oldidan bosim o‘tkazish.
«Bizda juda qiyin bo‘ladi», — deydi Uelbek rasmiy saytga bergan intervyusida.«O‘ylashimcha, buyog‘iga ligadagi har bir o‘yin ochiqchasiga qiyin bo‘ladi. Biroqbiz to‘g‘ri hisob olishimiz va uch ochko olishga ishonishimiz kerak. Bu asosiy maqsadimiz «Siti»ga qilayotgan bosimimizni yo‘qotmaslik.
«So‘nggi vaqtlarda «KPR» yaxshi o‘ynamoqda. O‘ylaymanki, ular ikki chiziqdaniborat himoya tashkil qilishgan va bu raqibga qiyinchilik tug‘dirmoqda. Ular shunchakito‘pning yo‘liga turib olishadi va bu raqibga gol kiritishda qiyinchilik tug‘diradi.Biroq, biz tug‘o‘ri taktika tanlab, gol kiritishga urinib ko‘ramiz».
Mazkur uchrashuvda Fabio ijaraga shartlariga ko‘ra maydonga tusha olmaydi,biroq «Old Trafford»ning eski yoqimtoyi Ji Sung Pak haqida Uelbek esdan chiqarmadi.
«Yana Ji bilan uchrashishimiz ajoyib bo‘ladi»,- deydiUelbek. «Biz Londonga bir nechta uchrashuvga kelganimizda u bilan ko‘rishgan edikva mexmonxonada suhbatlashgandik. Shu sababdan u bizga yaqinligi juda yaxshi. Harsafar uni uchratganimda do‘stlik hissinituyaman, Fabio bilan ham huddi shunday. U ikki bora Karringtonga bu mavsum qaytdiva u bilan yana uchrashishimiz ajoyib bo‘ladi»
Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.