Янгиликлар /

Runi: Robin juda tortinchoq va jiddiy

Мақола нашр қилинди

Jamoamiz hujumchisi Ueyn Runining ta’kidlashicha, Robin van Persi ayni damdaAngliyada hujumni muvaffaqiyatli yakunlash borasida eng moxir mutaxassis ekan, biroqgap kiynish xonasidagi xazillar haqida ketganida, Robin ancha oxirgi o‘rinlardaekan.

Jonni Evans, Tom Kleverli va Ueyn Runi birgalikda bergan intervyulari chog‘ida,Angliyalik hujumchi jamoaning eng kamgap va jiddiy o‘yinchisi kim ekanini aytdi:«Men bu Robin degan bo‘lardim! U haqiqatdan maydondan tashqarida yorqin harakatlariva gaplari bilan ajralib turmaydi. Bizning kiyinish xonamizda xazillarni yoqtirmaydiganyigitlar kam. Robin ulardan biri», — deydi Ueyn Runi.

Shu savolga Tom Kleverli quyidagicha javob berdi: «Jamoaningasosiy hazilkashlari? Bizda bundaylar juda ko‘p. Ueyn Runi doimo telefoningizniqoldirib ketsangiz, xazil tariqasida uni olib qo‘yadi. Rio, Ando, Uelbz — bularningbari kayfiyatingizniko‘taruvchi futbolchilar. Albatta, ular xazil qilishga kirishganlarida men berkinishgava voqealar rivojidan chetda qolishga intilaman»
Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.