Янгиликлар /

SAF: «O‘zim penaltini tepaman»

Мақола нашр қилинди

«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi ser Aleks Fergyuson o‘z jamoasining oxirgi vaqtlarda 11 metrli jarima zarbasini ko‘p xato qilishayotgani borasida fikrlarini bildirib o‘tdi.

Shanba kuni Premer-Liganing «Arsenal»ga (2:1) qarshi o‘yinida Ueyn Runi birinchi taym yakunlanayotganida penaltini aniq amalga oshirolmadi.

Avvalroq joriy mavsumda «Yunayted»dan Robin Van Persi, Xaver Ernandes va Nani ham penaltini golga aylantira olishmagandi.

Biroq ser Aleks bu borada hazil qilib qo‘ydi. «O‘ylashimcha, keyingi hafta o‘zim penaltini tepaman va o‘shanda biz gol kiritamiz», — deb Fergyusonning so‘zlaridan keltiradi The Sun

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.