Янгиликлар /

«MYU» Vanyamani yanvarda sotib olmoqchi

Мақола нашр қилинди

«Manchester Yunayted» «Seltik» yarim himoyachisi Viktor Vanyamaga qiziqib qoldi, deb xabar qiladi Daily Mail.

Chempionlar Ligasining «Barselona»ga qarshi o‘yinida keniyalik futbolchi uchrashuv qahramonlaridan biriga aylangandi.

Vanyama o‘sha o‘yinda hisobni ochgandi. Nashr bergan ma’lumotlarga ko‘ra, 21 yoshli yarim himoyachining o‘yinini «Seltik Park»da «Yunayted»ning Yevropadagi asosiy skauti Martin Fergyuson kuzatib borgan.

Endi Angliyaning eks-chempionlari afrikalik uchun taxminan 12 million funtni qishki transferlar oynasi vaqtida taklif qilishmoqchi. Shuni qayd etib o‘tamizki, o‘tgan haftada shotland klubi ustozi Nil Lennon Vanyama 25 million turishini aytib o‘tgandi.

Shunday bo‘lsa ham, «Seltik» bu transferga yon berishi mumkin. Chunki keniyalikning shartnomasi 2014 yilda yakunlanadi, o‘yinchi esa shartnomani uzaytirishni istamayapti.

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.