Янгиликлар /

Runi: Jamoani Van Persi atrofida tuzish kerak

Мақола нашр қилинди

«Manchester Yunayted» hujumchisi Ueyn Runi yangi jamoadoshi Robin van Persi klubning asosiy kuchiga aylana olishiga ishonishini aytib o‘tdi.

«Robin butun jamoaga foydali bo‘ladi, u bizning tumorimiz. U sovuqqon, to‘p bilan yaxshi muomala qiladi va jamoadoshlari bilan hazillashib turadi.

Biz jamoaning uning atrofida tashkil qilishga urinishimiz kerak. O‘tgan mavsum samaradorlik bo‘yicha uning eng yaxshi mavsumi bo‘ldi.

Robin o‘z o‘yinini biroz o‘zgartirdi, o‘z yelkasiga ko‘proq mas’uliyatni yukladi va ko‘proq gol ura boshladi.

Van Persi – fantastik o‘yinchi va bunday jamoadoshga ega ekanliging ajoyib», — deydi Runi.

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.