Янгиликлар /

Smolling: Maydonga qaytganimdan xursandman

Мақола нашр қилинди

«Braga»ga qarshi uchrashuvda maydonga qaytgan Kris Smolling asosiy tarkibda maydonga tushganidan mamnun.

Ser Aleks portugaliyaliklarga qarshi bahsda Smollingga 90 daqiqa o‘ynash uchun imkoniyat berdi va u dastlab Evans bilan keyin esa Ferdinand bilan ajoyib tandem hosil qildi.

«Men jamoaga qaytganimdan xursandman. g‘alaba qozonganimiz va tarkibga qaytganim yoqimli holat.

Guruhda ikki o‘yin qolganiga qaramay pley offga chiqqanimiz boshqa futbolchilarga imkoniyat beradi va asosiy tarkib uzun va og‘ir mavsum uchun yetarlicha dam oladi»,-deya aytib o‘tdi Smolling.

Shuningdek, Kris o‘zini «Aston Villa»ga qarshi bahsga to‘la tayyor deb his qilmoqda

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.