Янгиликлар /

Manda Fermentation: «Yunayted» homiysi

Мақола нашр қилинди

Yaponiyaning mashhur oziq ovqat qo’shimchalari ishlabchiqaradigan Manda Fermentation Co, kompaniyasi «Manchester Yunayted» jamoasibilan 5 yillik hamkorlik shartnomasiniimzolangani haqida habar berishdi. Bu shartnoma Manda kompaniyasiga «Yunayted»brendini rasmiy ravishda Yaponiya bo’ylab tarqatish huquqini beradi.

Mandakompaniyasi o’z faoliyatini 1987 – yilda boshlagan. 20 yil mobaynida korxona mutaxassislari ozuqa qo‘shimchalarini hechqanday aralashmalarsiz tayyorlash uchun fermentatsiya jarayoni ustida ilmiytekshiruv ishlari olib borishdi. Natijada korxona sog‘liq uchun foydali bo‘lganva insonga kuch baxsh etadigan tabiiy, xavfsiz va mazali maxsulotlar ishlabchiqarishdi. Shartnomaga ko’ra kompaniya«Yunayted» brendini Yaponiyada yanayam ommalashtirish huquqini olgan. Malumotlargako’ra Yaponiyada klub muhlislari 4 milliondan ortiqroq.

ManchesterYunayted klubining tijorat bo’limi boshlig’i Richard Arnold fikricha: «Tarixdabirinchi bor «Yunayted» oziq ovqat qo’shimchalari ishlab chiqradigan kompaniyabilan hamkorlik shartnomalarini tuzdi. Biz Manda kompaniyasi bilan ishlashdanhursandmiz u Yaponiyada oziq ovqat qo’shimchalari ishlab chiqaradigan boshqakompaniyalarni orasida yetakchisi hisoblanadi. Kompaniya qishloq ho’jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish bo’yicha boshqalardan ajralib turgan. Bu shartnoma bizni Yaponiyadagi o’zmuhlislarimiz bilan yanayam yaqinroq bo’lishimizni ta’minlaydi va aholiorasida sog’lom turmush tarzinirivojlantirishga hizmat qiladi deb o’ylayman».

MandaFermentation Co. Ltd. kompaniyasi prezidenti Yoshinori Matsuura: «Shuni quvonchbilan ta’kidlashim kerakki biz Manchester Yunayted kabi buyuk tarixga egaafsonaviy jamoa bilan rasmiy shartnoma imzolaganimizdan judayam hursandmiz. «Yunayted»butun dunyo odamlarini hayratiga va quvonchiga sababchi bo’ladi, bu hamkorlikortidan biz o’z fikrlarimizni yanayam kengroq auditoriya bilan o’rtoqlashaolamiz: O’z salomatligiz uchun qayg’urib, atrof muhitni jumladan Onatabiyatimizni himoya qiling»
Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.