Янгиликлар /

«MYu» rahbariyati murojati

Мақола нашр қилинди

«Manchester Yunayted» rahbariyatimuxlislarga transfer siyosati borasida ochiq xat bilan murojaat qildi.

«Jamoamizning ikki muhim vazifasibor edi. Birinchisi — Ueyn Runini tarkibda saqlab qolish edi. Bu vazifabajarildi.

Ikkinchi vazifa — yarim himoyachisotib olish edi. Bu ham bajarildi. Biz Maruan Fellayni bilan shartnomaimzoladik.

Bundan tashqari Vilfrid Zaxani hamtarkibga qo‘shib oldik. O‘ta iqtidorli Adnan Yanuzay esa asosiy tarkibgao‘tkazildi. Shuningdek Nani bilan shartnomani uzaytirdik. Klub yozda yangifutbolchilar uchun 40 million funt sarfladi.

Biz bundan ham ko‘proq mablag‘sarflashimiz mumkin edi, ammo jamoalar bilan muzokaralar boshi berk ko‘chagakirib qoldi. Bizning asosiy maqsadimiz tarkibga qo‘shilib keta oladiganiqtidorli futbolchilarni sotib olish edi.

«MYu»ning barcha transferlari bosh murabbiy bilankelishuv asosida amalga oshirildi. Devid Moyes o‘z jamoasini tashkil qilishgaharakat qilmoqda, buning uchun esa vaqt kerak. «Manchester Yunayted» — uzoqmuddatli loyiha. Shu sababli murabbiy qaysi futbolchilar jamoani kuchaytiraolishi borasida o‘zi qaror qabul qilishi lozim», — deyiladi murojaatda
Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.