Янгиликлар /

Runi: Moyes - ajoyib murabbiy

Мақола нашр қилинди

«MYu» hujumchisi Ueyn Runi jamoa bosh murabbiyi Devid Moyesborasidagi o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

«Men o‘zimni juda yaxshi his qilmoqdaman. Oxirgi haftalardamashg‘ulotlarda yaxshi ishladim, ammo jarohat tufayli kayfiyat ancha tushdi. Shungaqaramasdan ishlashda davom etmoqdaman va bu holat gollar timsolida o‘zfoydasini keltirmoqda.

Moyesning mashg‘ulotlari «MYu»ning avvalgi uslubidan birozfarq qiladi. Men Moyes bilan «Everton»da ishlagan vaqtlarimizni yaxshieslayman. Hozir mashg‘ulotlar ancha qiziqarliroq bo‘lgan va menga katta foydabermoqda. Men yaxshi formadaman va maydonga tushish imkoniyatidan xursandman.

Moyes — ajoyib murabbiy. U «Everton»da amalga oshirgan ishlari tufayli bu darajaga erishdi. Mengauning boshqaruvi ostida o‘ynash juda yoqadi va umid qilamanki muvaffaqiyatgaerisha olaman», — deydi futbolchi.

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.