Янгиликлар /

«MYu» Yanuzay bilan yangi shartnoma imzolamoqchi

Мақола нашр қилинди

The Telegraph nashrining xabar berishicha, «ManchesterYunayted» Adnan Yanuzay bilan shartnomani uzoq muddatga uzaytirmoqchi. Buqarorga «Yunayted» rahbariyati «Sanderlend» bilan bo‘lgan uchrashuvdan so‘ngkelishgan. Sababi, Yanuzay ushbu uchrashuvda ikki to‘p kiritib jamoasiningg‘alabasini taʼminlagan edi.

The Daily Mail nashri esa xatto futbolchining haftalikmaoshi haqida ham maʼlumot bergan. Unga ko‘ra yangi shartnomada Yanuzayhaftasiga 60000 funtsterling olishi ko‘zda tutilgan.

The Telegraph nashri korrespondenti Mark Ogdenning xabarigako‘ra esa. «Manchester Yunayted» bugunoq Yanuzayni Chempionlar Ligasiro‘yxatiga jamoa tarbiyalanuvchisi sifatida kiritmoqchi.

Eslatib o‘tamiz Adnan Yanuzay amaldagi shartnomasi yozda o‘znihoyasiga yetadi va hozirda unga «Yuventus», «Real» va «Bavariya» jamoalarijiddiy tarzda qiziqmoqdalar.

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.